Mehmonlar kutib olinib, universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, professor-o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va universitet talabalarining ishlanmalari bilan tanishtirildi.
So’ngra, TTPU rektori O.To’ychiyev va delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar ishlarini birgalikda olib borish, yangi qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, kelgusida o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik qilish bo’yicha kelishib olindi.