You are currently viewing TTPU TALABALARI UCHUN YAPONIYADA ISHLASH IMKONIYATLARI OCHILMOQDA

TTPU TALABALARI UCHUN YAPONIYADA ISHLASH IMKONIYATLARI OCHILMOQDA

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Balcom Nihongo” kompaniyasi vakillari tomonidan “Yaponiyada karyera tomon ilk qadam” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Yaponiya davlati, uning madaniyati, ishlash imkoniyatlari hamda yapon tilini o‘rganishning zamonaviy usullari haqida batafsil ma’lumot berilib, Yaponiya mehnat bozorida talab katta bo‘lgan muhandislik sohasidagi mutaxassislar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔵Shuningdek, yangi ishlab chiqarilgan yapon tilini individual tarzda o‘rganishga moslashtirilgan “Balcom Nihongo” ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.