Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Uber kompaniyasining katta dasturiy ta’minot muhandisi va xorazmiy.dev IT platformasi asoschisi Ulfat Abjabborovning “Kod ortidagi dunyolar: Dasturchining sayohati” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi.
![](https://turin.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2024-12-12_17-52-08-1024x682.jpg)
![](https://turin.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2024-12-12_17-52-08-2-1024x682.jpg)
![](https://turin.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2024-12-12_17-52-08-3-1024x682.jpg)
Tadbir davomida Ulfat Abjabborov dasturlashning mohiyati, loyihalarda dasturlash tillarini qo’llash holatlari haqida ma’lumot berib, o’zining dunyoning yetakchi kompaniyalaridan birida orttirgan tajribalari bilan bo’lishdi.
Tadbir yakunida, talaba yoshlar mavzuga doir o’zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Mazkur ma’ruza nafaqat talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki ularning kasbiy maqsadlari sari yo‘l topishlarida ilhom bag‘ishlashga xizmat qildi.