You are currently viewing TTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi

TTPU Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov natijasini e’lon qiladi

Joriy yilning 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Talabalar Ittifoqi (Students’ Union) prezidentligiga saylov o’tkazildi.

Unda quyidagi nomzodlarga jami 203 nafar Universitet xodimlari va talaba yoshlar ishtirok etib, o’z ovozlarini berdilar:
Qoriyev Ayubxon Aziz o‘g‘li – “Dasturiy ta’minot muhandisligi” yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
Mirzaqulov Yusuf Isroil o‘g‘li – “Mashinasozlik muhandisligi” yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi
Yusupov Diyor Abdumalikovich – “Biznes boshqaruvi magistri – MBA” yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti
Imomaliyeva Shaxlo Usvali qizi – “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi

Saylov natijasini taqdim etilgan infografikadan batafsil bilib olishingiz mumkin.