You are currently viewing “MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

“15 mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni” munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida
“MOLIYAVIY SАVODXON YOSh ISTE’MOLChI” III-onlayn olimpiadasi oʼtkazilmoqda!

Tanlov ikki bosqichda boʼlib oʼtadi:

1-bosqich – 2025 yil 6 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida roʼyxatdan oʼtgan talabalar uchun test sinovlari oʼtkaziladi.

2-bosqich – 2025 yil 12 mart kuni 1-bosqich test natijalariga koʼra, saralangan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

Gʼoliblarni esdalik sovgʼalari kutmoqda! 🏆

Ehtimoliy test savollari bilan tanishish uchun
@RaqobatGovUz Telegram kanaliga aʼzo boʼling!

Olimpiada.edu.uz elektron tizimida roʼyxatdan oʼtish:
2025 yil 25 fevraldan 5 martga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot:
raqobat.gov.uz
(71) 207-47-00 (321)