You are currently viewing TTPUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

TTPUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Xususan, bugun, joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi ushbu jarayonda faol ishtirok etib, Universitet hududida manzarali daraxt ko’chatlarini ekdilar.

Universitetimiz atrof-muhitni asrab avaylash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda kelajak avlod uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish yo‘lida izchil harakatlarni davom ettiradi!