You are currently viewing 23-mart — Butunjahon meteorologiya kuni

23-mart — Butunjahon meteorologiya kuni

Ushbu sana — meteorologiya va gidrologiya sohalarining inson hayoti, xavfsizligi va farovonligidagi muhim o‘rnini e’tirof etish kunidir. Milliy va xalqaro meteorologik xizmatlar global iqlim o‘zgarishlari sharoitida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔆 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barcha meteorologiya va gidrologiya sohasi vakillarini ushbu kasbiy bayram bilan samimiy tabriklaydi!

Sizning fidokorona mehnatingiz iqlim o‘zgarishlarini chuqurroq tushunishimizga va unga moslashish yo‘llarini topishimizga xizmat qilmoqda. Sizga sog‘lik, kuch-g‘ayrat, professional yutuqlar va yangi ilmiy kashfiyotlar tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda doim omad sizga yor bo‘lsin!