You are currently viewing POLITECNICO DI TORINO UNIVERSITETINING AKADEMIK SENATI YIG’ILISHI

POLITECNICO DI TORINO UNIVERSITETINING AKADEMIK SENATI YIG’ILISHI

Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev Politecnico di Torino universitetining 2024/2025-o‘quv yiliga bag’ishlangan tadbir, akademik senati yig’ilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Mazkur tadbirda nufuzli mehmonlar, jumladan, Italiyaning Ommaviy boshqaruv vaziri Paolo Zangrillo, Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Antonio Tajani, Turin shahri meri Stefano Lo Russo, Piedmont viloyati prezidenti Alberto Cirio, shuningdek, boshqa yuqori martabali vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir boshlanish vaqti: 14:30 (Toshkent vaqti bilan)

Tadbirni jonli efirda kuzatish uchun havola: https://www.mediastream.polito.it/live.php?publkey=4253629371.