Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy va matematika fanlar kafedrasi mudiri, akademik Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich, Toshkent davlat Stomatologiya instituti professori Akbarov Avzal Nigmatullayevich hamda dotsenti Ziyadullayeva Nigora Saidullayevnaning “Regenerativ tibbiyotda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” nomli monografiyasi nashr etildi.

Shikastlangan to‘qimalar va organlarni qayta tiklash hamda rekonstruksiya qilish zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Mazkur monografiyada jarrohlik stomatologiyasi va yuz-jag‘ jarrohligi amaliyotida qo‘llaniladigan zamonaviy osteoplastik materiallarning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Shu bilan birga, jag‘ suyaklaridagi nuqsonlarni to‘ldirishda innovatsion osteoplastik materiallarning joriy etilishi, rekonstruktiv operatsiyalardan keyin suyak to‘qimasini tiklash jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi ilmiy asoslangan holda bayon etilgan.