You are currently viewing «2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

«2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti tomonidan Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda «2+2» ta’lim modelini ishlab chiqish va tashkil etish bo’yicha shartnoma imzolandi. Qo’shma dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-sonli «O’zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanishiga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan amalga oshirildi.

Qo’shma dasturning maqsadi ikki oliy o’quv yurti o’rtasida ilg’or o’quv resurslaridan foydalangan holda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va iqtidorli o’qituvchilarni o’quv dasturlarga jalb qilishdir. Ushbu dastur mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, zamonaviy global dunyoqarashning yuqori darajasiga, muhandislik fanida kuchli qobiliyat va qaror qabul qilishda muammolarning moxiyatini tez ilg’ab oladigan raqobatbardosh talabalarni tayyorlashga yordam beradi.

Dasturga muvofiq, Andijon muhandislik institutini akademik ko’rsatkichlari va ingliz tilini bilish darajasiga ko’ra, muvaffaqiyatli tamomlagan ikkinchi bosqich talabalari Toshkentdagi Turin politexnika universitetining uchinchi bosqichiga qabul qilinadi. Universitetni tamomlagach, har ikki ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan mezon va talablarga javob beradigan talabalar tegishli bakalavr darajalariga hamda Andijon mashinasozlik instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetining diplomlariga ega bo’ladilar.

TTPUJoriy 2019-2020 o’quv yilidan boshlab «2 + 2» dasturi bo’yicha mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha birinchi talabalar qabul qilindi. “«2 + 2» dasturi – bu davlat va xalqaro miqyosda bilim, tajriba va ikki tomonlama diplom olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Men bunday imkoniyatning birinchi egalaridan biri bo’lganimdan xursandman”, – dedi Izzatullo Rahmonov, ushbu dasturda tahsil olayotgan uchinchi bosqich talabasi.

 

Kelgusida «2 + 2» dasturi bo’yicha boshqa sohalarda ham mutaxassislar tayyorash va bu loyihani kengaytirish ko’zda tutilgan. Umid qilamizki, universitetlar tomonidan tashkil etilgan bakalavr qo’shma dasturining ikki tomonlama diplom olish to’g’risidagi shartnomasi mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati salohiyatini rivojlantirish uchun yaxshi asos bo’ladi.