Joriy yilning 10 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Unlock” loyihasi tomonidan eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniya zavodiga navbatdagi safar tashkil etildi.
Tanlovda qatnashqan 110dan ortiq ishtirokchilardan 45 nafari Artel zavodiga borib, fabrikaning eng katta tarmoqlaridan biri – maishiy texnikalarning termoplastik detallarini ishlab chiqarish va kir yuvish mashinalari va muzlatgichlarni yig’ish sektorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Yo’lboshchilar va zavod ma’muriyati konveyer jarayonining tafsilotlarini, jihozlarning ishlash printsiplarini tushuntirdilar va talabalarning ko’plab savollariga javob berdilar. Qiziqarli ekskursiya hech bir talabani befarq qoldirmadi. Ayniqsa, mahalliy mayishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Artel maishiy texnika zavodi ma’muriyati, yo’lboshchilari va Unlock loyihasi jamoasiga fabrika faoliyati bilan tanishish va mayishiy texnika ishlab chiqarish sohasida bilim olish imkoniyatini yaratib berganlari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz.