Joriy yilning 3-4 mart kunlari Hindistonning Haydarobod shaxrida bo`lib o`tagan “IndiaSoft-2020” va “GlobalSoft-2020” xalqaro konferensiyasi va kurgazmasi bo`lib o`tdi.
Ushbu koferensiyada Hindistion va bir qator boshqa davlatlar o`zining Axborot Texnologiyalaridagi oxirgi innovatsion yangiliklari va tajribalari bilan ulashdi.
Tadbirda 200 dan ortiq Axborot texnilogiyalarga oid kompaniyalar dunyoning 60dan ziyot davlatlaridan kelgan delegantlar bilan ucharshib, ularga o`z faoliyatlaridan kelib chiqib eng oxirgi texnologiya yangiliklari haqida ma`lumotlar berdi.
Ushbu davlatlar orasida O`zbekistondan ham 19 ta delegant ishtirok etdi. Quvonarlisi ushbu delegantlar orasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o`qituvchi va talabari ham borligidir. Aniqroq ayatadigan bo`lsak, Universitetimiz Professori Muslimbek Pirnazarov, talabasi Ergashov Jamshid va shuningdek universitetimizni tugatib, o`z sohlarida ish olib borayotgan Zohid Akbarov, Suhrob Shakirov, Begzod Xujanazarovlar ishtirok etishdi.
Ushbu konferentsiya va ko’rgazmada qatnashib kelgan universitet talabasi Jamshid Ergashov shunday dedi: “Shu ikki kunlik tadbir davomida, ko`plab kompaniya rahbarlari, dasturchilari bilan suhbatda bo`ldim. Ular bizga o`z dasturiy yechimlarini taklif etishdi.
Xususan, “World1 Solutions -IT consuting and education” va “Radius innovation systems”lar bilan kelishuvda ular tomonidan IT sohasidagi ta`limga berilgan yechimlar menga ma`qul bo`ldi va ushbu korxona vakillarini universitetimiz mehmoni bo`lishlariga taklif qildim.
Ular aytgan “Softwere is eating the world” iborasi menga katta ta`surot qoldirdi. Dunyo bozorida dasturiy ta`minotning ulushi juda tez o’sib bormoqda.
Bunday vaziyatda biz yoshlar chetda jim qarab turishmiz noto`g`ri, biz qimmatli vaqtimizni dasturlashni o`rganishga va uni hayotda qo`llashga harkat qilishimiz lozim.
Ushbu tadbirda ishtirok etishga yordam bergan universitetimiz ma`muriyati va o`zim faoliyat yuritayotgan “Carwon” jamoasiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.”