TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 OQUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI

1.1. KIRISH

Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini ozida aks ettiradi.

1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni

2022/2023 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:

Yoʻnalish nomiO‘rinlar soni
Mashinasozlik texnologiyasi/Avtomobilsozlik texnologiyasi200
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi)/ Dasturlash muhandisligi350
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura/ Arxitektura va dizayn100
Biznes boshqaruv – Menejment200
Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari100

1.3. QABUL TARTIBI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI

1.3.1. Kirish imtihoni

TTPU tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr dasturlari “mahalliy rejalashtirilgan qabul qilish” tizimiga asoslangan. Talabalar uchun oʻrinlar soni cheklangan boʻlib, belgilangan kvota doirasida oʻrinlar soni toʻlgunga qadar kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan abiturientlargina oʻqiy oladilar. Kirish imtihonida toʻplangan ball faqat 2022-2023 oʻquv yili uchun amal qiladi.

Qabul imtihonida yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga birinchi bosqichni oʻtkazib yuborish va 1.5-boʻlimda muhokama qilingan til talablarini hisobga olgan holda, ikkinchi bosqichga kirish imkoniyati berilishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, abituriyentlar 12 yillik maktab yoki 11 yillik ta’lim + barcha tayyorgarlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi yoki 11 yillik ta’lim + tan olingan universitetda bir yil (barcha rejalashtirilgan imtihonlarni topshirgan holda) davomida ta’lim olinganligi toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishlari kerak.

Ariza beruvchi (abiturient) ushbu imkoniyatdan voz kechishga va birinchi bosqichdan oʻqishni davom ettirishga haqlidir.

Ikkinchi bosqichga qabul qilish toʻgʻrisida yakuniy qaror Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor va qabul komissiyasining mas’ul kotibi roziligidan soʻng qabul qilinadi.

1.3.2. Imtihon sanasi

2022/2023 oʻquv yili uchun UCH MARTA KIRISH IMTIHONI boʻlib oʻtadi:

  • Birinchi imtihon 13 MAY kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 10 May, nomzodlar maksimal soni – 450). Agar roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni birinchi imtihon uchun kvotadan oshib ketgan boʻlsa, ular avtomatik ravishda iyul imtihoniga yoziladi. Imtihonga kelmagan abituriyentlar iyul sessiyasiga kiritilmaydi.
  • Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni koʻproq) IYUL oyining boshida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi).
  • Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar.

Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).

1.3.3. On-layn roʻyxatdan oʻtish

ONLAYN ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISHNI BILISH UCHUN, ILTIMOS QUYIDAGI VIDEOLARNI KO‘RING.

QANDAY RO‘YXATDAN O‘TISH HAQIDA VIDEO

ITALIAN YO‘NALISHDAGI ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISH HAQIDA VIDEO

May oyida bo‘lib o‘tadigan birinchi imtihonga ro‘yxatdan o‘tish ochiq.

ONLAYN ARIZANI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLASH UCHUN – BARCHA MAYDONLAR TO‘G‘RI TO‘LDIRILISHI ZARUR!

Qabul jarayonining shaffofligini ta‘minlash uchun abituriyentlar LMS platformasiga ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘zlarining yangi fotosuratlarini yuklashlari va pasport (yoki ID Card)ning pdf nusxasini ilova qilishlari kerak.

Bundan tashqari, talabalar maʼlumotlar bazasini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar tufayli har bir abituriyent Markaziy bank kursi boʻyicha 5 yevro (65 000 soʻm) kirish toʻlovini toʻlashi kerak. Toʻlov kvitansiyasi ham yuqoridagi ariza shakliga yuklanishi kerak. Kirish to‘lovini to‘lamagan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Onlayn arizani muvaffaqiyatli toldirgandan song, abituriyentlar tasdiqlovchi elektron pochta xabarlarini oladilar.

Onlayn shaklni oʻz vaqtida toʻldirmagan abiturientlar hujjatlari qabul qilinmaydi kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!

1.3.4. Kirish imtihoni

Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Test quyidagilardan iborat:

  • Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa)
  • Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
  • Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
  • Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)

Toʻliq imtihon 42 savoldan iborat boʻlib, 90 daqiqa davom etadi. Har bir savolda 5 ta variant mavjud, ammo ulardan faqat bittasi to‘g‘ri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball – agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25 ball – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball – javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

Barcha savollar ingliz tilida boʻladi!

Biznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha qoidalar, tartiblar va sanalar haqida maʻlumot olish uchun quyidagi havolaga oʻting.

1.3.5. Imtihon natijalari

Abiturientlar toʻplagan ballarini imtihon yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi, imtihondan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Pasport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
  • 1 ta papka (skoro shivatel), o‘rta o‘lchamdagi konvert;
  • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
  • IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.4 boʻlimda tanishib chiqing).

Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi.

1.3.6. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari

Ushbu boʻlim quyida keltirilgan sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlar uchun moʻljallangan. 1.3.1-boʻlimga koʻra, yuqori ball toʻplagan talabalar 1-bosqich (tayyorgarlik yili)ni oʻtkazib yuborib, 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Universitetga kirish imtihonlari majburiy boʻlgan mamlakatlardan kelgan chet ellik talabalar uchun imtihondan oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikat ilova qilinishi kerak.

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score inthe “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “AnalyticalWriting” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

1.4. INGLIZ TILI SERTIFIKATI

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar IELTS 4.5 (akademik) balldan kam boʻlmagan sertifikatga ega boʻlishlari lozim.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun IELTS 5.5 (akademik) yoki undan yuqori boʻlgan sertifikat talab qilinadi.

TTPU da IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati: https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.

1.5. TTPU DA TA’LIM OLISH UCHUN TOʻLOV MIQDORI

1-kurs barcha oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi..

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Qabul komissiyasining ish jarayoni uchun mas’ul shaxslar:

Qabul komissiyasining raisi – Inoyatkhodjaev J.Sh.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi – Abdullayev F.B.

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarn-ing faoliyati uchun javobgar emas!

Ariza topshirish jarayoni va boshqa savollarga qoʻshimcha maʼlumot olish uchun, bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga quyidagi keltirilgan manzil boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin:

Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi)

(105-xona).

Elektron manzil: admission@turin.uz

Telefon raqamlar: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52