Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi

Markazning vazifasi: zamonaviy jahon talablariga muvofiq ravishda mutaxassislar tayyorlash,  ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

Markaz maqsadi: barcha mutaxassislarni o’z sohasida ishlash uchun zarur bo’lgan ilg’or bilim va amaliy ko’nikmalar bilan ta’minlash.

O’qitilayotgan kontingent tarkibi: tashkilot rahbarlari, ishlab chiqarish va texnik boshqarmalar yetakchi mutaxassislari, kadrlar xizmati, marketing, iqtisod va moliya kompaniyalari, muhandislar, oily oquv yurtlariga kirish istagida bo’lgan abiturientlar va til o’rganishga qiziqishi bulgan jismoniy shahslar. Tinglovchilarni o’qitish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yuqori malakali o’qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Markazning tashkiliy tuzilishi:  Malaka oshirish va qayta tayyorlash sektori, Axborot tizimlari va texnologiyalari sektori (Mashinisozlik komplesining tayanch o’quv markazi), Abiturientlarni tayorlash sektori (tayorlov kurslari).             

Darslar 10-15 kishilik guruhlarda olib boriladi. Ta’lim xizmatlari litsenziyaga ega – Litsenziya Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan 4 oktyabr 2013 yil sana bilan № NAS UZ 001 MO 0367-05. Kurs yakunlanishi bilan ishtiroqchilarga sertifikat beriladi.

  • Ma’muriy-boshqaruv xodimlari treninggi quyidagi kurslar va seminarlarni o’z ichiga oladi:
  • Korxonalarning moliyaviy va iqtisodiy holatining tahlili va soliqni rejalashtirish
  • Biznes rejalashtirish
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat
  • Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
  • Korporativ boshqaruv va strategik rejalashtirish
  • Ma’muriy va kadrlar boshqaruvi kursi
  • Texnik boshqaruv kursi
  • Moliyaviy va xo’jalik boshqaruvi kursi
  • Shaxsiy samaradorlik va taym-menejment
  • Marketing va korxonani rivojlantirish strategiyasi
  • Muzokaralar olib borish malakasi
  • Nutq madaniyati
  • Buxgalteriya hisobida yangiliklar
  • Menejment asoslari
  • Psixologiya va savdoni tashkillashtirish
  • Boshqaruv psixologiyasi
  • Ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi loyihalarni ishlab chiqish
  • Xodimlar boshqaruvi
  • Loyihalarni boshqarish
  • Moliyaviy boshqaruv
  • Kompaniya iqtisodiyoti
  • GMS (Global ishlab chiqarish tizimi)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish to’g’risida”gi 73 sonli qaroriga asosan Markaz Mashinasozlik kompleksining tayanch o’quv markazi hisoblanadi, va bu yerda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha quyidagi malaka oshirish kurslari mavjud:

  • Personal kompyuter va Internet tizimidan foydalanishni, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni o’zlashtirishi kursi (minimal, o’rta va yuqori darajalar)
  • Modellashtirish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni Autodesk tizimi bazasida avtomatlashtirish asoslari
  • NX (UNIGRAPHICS)da modellashtirish asoslari
  • MS tizim boshqaruvi
  • Web texnologiyalari.

Shu bilan bir qatorda, universitetda oliy ta’lim muassassalariga kiruvchi abiturientlar uchun aniq va gumanitar fanlardan intensiv o’qitish kurslari tashkil etilgan:

  • Fizika fani kursi
  • Matematika fani kursi
  • Ingliz tili (IELTS)

Bundan tashqari, qisqa muddatli seminarlar o’tkaziladi. Misol uchun “Soliq ishini yuritish va boshqarish, buxgalteriya qonunchiligi buyicha actual muammolar”, “Kadrlar qonunchiligida yangi o’zgarishlar”, va shuningdek, kadrlar baholanishi va xodimlar attestatsiyasi, korporativ treninglar va korxonalarga chiqib o’qitish kurslari olib boriladi.

Hizmatlar naqd pul va pul o’tkazish yo’li bilan jismoniy shahslarga va korporativ mijozlarga ko’rsatiladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998 91) 134 1011, (+998 93) 565 6104, (+99871) 246 3067, (+ 99871) 246 7088

Faks: (+99871) 246 6092

e-mail: v.yarashova@turin.uz.   www.polito.uz

Manzil: Toshkent sh., Kichik Halqa yo’li, 17.