1. Bir ixtiro tarixi: TTPU talabalari yaratgan innovatsion loyihalar-samolyot simulyatori
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari muhandislik sohasidagi bilimlarini amaliyotda qo‘llab, o‘z g‘oyalari asosida turli texnologik loyihalarni ishlab chiqmoqda. Shunday ishlanmalardan biri — “Aviatsiya muhandisligi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdaliyev Komronbek Begali o‘g‘li tomonidan yaratilgan professional samolyot simulyatoridir.



🛩 Abdaliyev Komronbek o‘z loyihasini “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida taqdim etdi. Simulyator real parvoz dinamikasini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, erkinlik darajalariga ega harakatlanuvchi tizim bilan jihozlangan. Mazkur konstruksiya samolyotning parvoz jarayonidagi harakatlarini modellashtirish va ularni amaliy tarzda namoyish etish imkonini beradi.
Loyihaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda aviatsiyaga oid nazariy bilimlar texnik qurilma ko‘rinishida mujassam etilgan. Bunday ishlanmalar muhandislik masalalariga amaliy yondashish, texnik yechimlarni ishlab chiqish va murakkab tizimlarning ishlash tamoyillarini modellashtirishda muhim ahamiyatga ega.
💡 Samolyot simulyatori — TTPU talabalari tomonidan yaratilayotgan loyihalarning birgina namunasidir. Universitetimiz yoshlari turli muhandislik yo‘nalishlarida izlanish olib borib, o‘z tashabbuslarini aniq ishlanmalar orqali namoyon etmoqda. Har bir bunday loyiha talabalarning bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish, mustaqil fikrlash va o‘z g‘oyalarini texnik jihatdan amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Talabalarning o‘z loyihalarini ishlab chiqishi va ularni tanlovlarda taqdim etishi yosh muhandislarning salohiyatini namoyish etish, yangi g‘oyalarni rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur tajribani shakllantirish imkonini beradi.
————————————————————————————————————————
2. Bir ixtiro tarixi:
🔋 Kelajak transporti sari qadam: TTPU talabalari yaratgan ECOMOBIL!
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan energiya tejamkor elektr transport vositasi — ECOMOBIL yaratildi. Mazkur loyiha zamonaviy muhandislik yechimlari orqali energiya sarfini kamaytirish va transport samaradorligini oshirishga qaratilgan. ECOMOBIL talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, innovatsion g‘oyalarni real loyihaga aylantirishga intilishini namoyon etadi.



ECOMOBIL o‘zining texnik ko‘rsatkichlari bilan ham e’tiborga molik: har 10 kilometr masofa uchun atigi 0,6 kVt·soat energiya sarflaydi. Transport vositasining og‘irligi 250 kg, maksimal tezligi 100 km/soat, harakatlanish masofasi esa 90 km ni tashkil etadi. Elektr dvigatel bilan jihozlangan avtomobil 500 kg gacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, uning 360 darajali kamera tizimi atrof-muhitni to‘liq kuzatish imkonini beradi.
💡 ECOMOBIL — bu shunchaki transport vositasi emas, balki yosh muhandislarning izlanishi, ijodkorligi va texnologik taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasining namunasidir.
🎓TTPU talabalari ushbu loyiha orqali energiya samaradorligini oshirish va kelajak transporti uchun yangi yechimlar ishlab chiqish yo‘lida muhim qadam tashlamoqda.
————————————————————————————————————————
3. Bir ixtiro tarixi:
🩺 BODY TESTER: TTPU talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion loyiha!
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari inson salomatligining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashga mo‘ljallangan BODY TESTER loyihasini ishlab chiqdilar. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan ushbu qurilma bir nechta muhim tibbiy ko‘rsatkichlarni o‘lchash hamda tana vazni indeksini (BMI) hisoblash imkonini beradi. Loyiha muhandislik bilimlari va innovatsion yondashuvni birlashtirgan holda, texnologiyalarning kundalik hayotdagi amaliy ahamiyatini namoyon etadi.



BODY TESTER yordamida insonning oltita asosiy ko‘rsatkichi — bo‘yi, vazni, pulsi, qondagi kislorod miqdori (SpO₂), qon bosimi va tana harorati aniqlanadi. Qurilma olingan ma’lumotlar orqali tana vazni indeksini ham hisoblaydi. Uning vazni 45 kg bo‘lib, loyihaning asosiy maqsadi salomatlik ko‘rsatkichlarini bir qurilma yordamida o‘lchash imkoniyatini yaratishdan iborat.
💡 Ushbu loyiha TTPU talabalarining nazariy bilimlarini amaliy ishlanmalar bilan uyg‘unlashtirish, muhandislik sohasida ijodiy fikrlash va zamonaviy texnologiyalarni turli yo‘nalishlarda qo‘llashga intilishini ko‘rsatadi. BODY TESTER kabi ishlanmalar talabalarga o‘z g‘oyalarini real loyihalarga aylantirish, yangi yechimlar ustida ishlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur tajribani shakllantirish imkonini beradi.
🎓 TTPU talabalari tomonidan yaratilgan BODY TESTER loyihasi innovatsion fikrlash va amaliy muhandislik yechimlari uyg‘unligining namunasidir. Bunday tashabbuslar yoshlarning texnologik salohiyatini rivojlantirish va yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda muhim o‘rin tutadi.
————————————————————————————————————————
4. Bir ixtiro tarixi:
🚀 Al-Beruniy — TTPU talabalari tomonidan yaratilgan öquv raketasi!



Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan Al-Beruniy öquv raketasi yaratildi. Mazkur loyiha nanosun’iy yöldoşlarni kosmosga yaqin balandliklarga olib çiqiş, raketa texnologiyalarini sinovdan ötkaziş hamda aerokosmik sohadagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatini qöllab-quvvatlaşga möljallangan.
🛰 Raketaniñ asosiy texnik körsatkiçlari:
▪️ Foydali yuk kötarish quvvati: 10 kg
▪️ Boşqaruv radiusi: 2–20 km
▪️ Uzunligi: 3 metr
▪️ Yoqilg‘i turi: porox
⚙️ Al-Beruniy öquv raketasi aerokosmik muhandislik yöñalishidagi amaliy loyihalardan biri böl ib, raketa texnologiyalarini örganish va nanosun’iy yöldoşlarni uçirish bilan bog‘liq tadqiqotlar uçun möljallangan.
🎓Bunday muhandislik işl anmalari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘laş, texnik muammolarga yeçim topiş va zamonaviy aerokosmik texnologiyalar sohasida tajriba orttirishiga xizmat qiladi.