You are currently viewing «OIV/OITS KASALLIGI HAQIDA»,

«OIV/OITS KASALLIGI HAQIDA»,

«GIYOHVANDLIKNING SALBIY OQIBATLARI »

Ma’ruzachi OIV infeksiyasi bugungi kunda dunyo miqyosidagi dolzarb sog’liqni saqlash muammolaridan biri ekanligini ta’kidladi. OIV infeksiyasining tarqalish sabablari, kasallikning yuqish yo‘llari, uning oldini olish choralari hamda aholining, ayniqsa yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish muhimligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, OIV infeksiyasi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarashlar va stereotiplarni bartaraf etish, muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish zarurligi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy ta’siri haqida fikr bildirdi. U giyohvand moddalarni iste’mol qilish OIV infeksiyasi tarqalish xavfini oshiruvchi asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab, yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, sport bilan shug’ullanishga va sog’lom turmush tarziga amal qilishga chaqirdi.

Yig‘ilish yakunida universitet prorektori hamda rektor maslahatchisi so‘zga chiqib, tadbir yuzasidan yakuniy xulosalarni bildirdilar. Ular yoshlarni giyohvandlik, OIV infeksiyasi va boshqa zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqiy hamda tibbiy savodxonligini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, giyohvand moddalarni iste’mol qilishning yoshlar salomatligi, ma’naviyati, oilasi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi hamda talabalarni bunday illatlardan yiroq bo‘lishga, sog‘lom va mazmunli hayot tarzini tanlashga chaqirdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

QAROR QILINDI:

1.  Giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga salbiy taʼsiri hamda uning OIV infeksiyasi yuqish xavfini oshirishi toʻgʻrisidagi profilaktik targʻibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda tashkil etish.

2.  OIV infeksiyasining oldini olish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish tavsiya etilsin.

3. Talabalar o‘rtasida profilaktik targ’ibot ishlari kuchaytirilsin hamda mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari va uchrashuvlar davom ettirilsin.