“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli to‘plam tayyorlandi. Nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqi asosida tuzilgan bo‘lib, unda mamlakatning o‘tgan davrdagi rivojlanish ko‘rsatkichlari, muhim natijalar hamda kelgusidagi maqsadlar raqamlar va infografikalar orqali yoritilgan. Prezidentning ushbu nutqi 2026-yil 28-avgust kuni Yangi Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlanga
📊 To‘plamda iqtisodiyot va investitsiyalar, sanoat va energetika, ta’lim, ilm-fan va sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologiya hamda ijtimoiy rivojlanish kabi yo‘nalishlardagi ma’lumotlar jamlangan.
🎓 Xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, oliy ta’lim qamrovining kengayishi, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi imkoniyatlarini kengaytirishga doir ma’lumotlar ham o‘rin olgan.
📚 To‘plamning yakuniy qismlarida kelgusi o‘n yillik uchun belgilangan yettita milliy dastur, jumladan, bilim va malaka, sog‘lom hayot, yuqori texnologiyalar, ekologiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berilgan.
Mazkur to‘plam O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘lini raqamlar, tahliliy ma’lumotlar va ko‘rgazmali materiallar asosida o‘rganish uchun mo‘ljallangan.