Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) delegatsiyasining Amerika Qoʻshma Shtatlari Pitsburg davlat universitetiga amalga oshirgan xizmat safari davomida hamkorlikni kengaytirish borasida olib borgan muzokaralari davomida erishilgan natijalar:
1. Pitsburg davlat universiteti prezidenti Steven A. Scott bilan uchrashuv davomida, Avtomobilsozlik texnologiyasi yoʻnalishida tashkil etilgan 2+2 taʼlim dasturiga qoʻshimcha tarzda yangi loyihalarni amalga oshirish, universitetlar oʻrtasida professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Pitsburg davlat universiteti Biznes kollejining Biznes boshqaruvi bakalavr dasturini Oʻzbekistonda tashkil etish taklifi berildi. Ushbu takliflar Pitsburg davlat universiteti prezidenti tomonidan yaxshi qabul qilindi va kelgusida ushbu yoʻnalish boʻyicha ma’sullar bilan ushbu loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.
2. Kelke Biznes kolleji vakillari (Dr.Maeve Cummings, Dr. Stephen Horner, Dr. Bienvenido Cortes) bilan uchrashuv davomida Biznes boshqaruvi (Bachelor of Business Administration Degree with a Major in Computer Information Systems) taʼlim dasturini TTPUda tashkil etish boʻyicha muzokara olib borildi. Ushbu dasturni muvaffaqqiyatli tamomlagan talabalarga Pitsburg davlat universiteti diplomi beriladi. Muzokaralar davomida TTPU da mavjud Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniring dasturlarida oʻqitiladigan fanlar oʻrganib chiqilishi va AKT ga oid fanlardan TTPU professor-oʻqituvchilari dars oʻtishi kelishib olindi. Biznes boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha darslar AQSHlik professorlar tomonidan talabalarga masofadan yoki professorlar kelgan holda tashkil etilishi oʻrganib chiqiladigan boʻldi.
3. Avtomobil texnologiyalari yoʻnalishi mudiri (Dr.Thompson) bilan uchrashuv davomida, TTPU mashinasozlik texnologiyasi yoʻnalishi talabalari ikkinchi bosqichni tamomlagandan keyin oʻqishini davvom ettirish uchun Pitsburg davlat universiteti Avtomobilsozlik texnologiyasi yoʻnalishida 3 kursdan tahsil olishi kelishib olindi. TTPU da oʻzlashtirgan 2 yillik kreditlari (57 AQSH krediti) Pitsburg davlat universiteti Avtomobilsozlik texnologiyasi yoʻnalishiga qabul qilinadi. 60-65 kreditni Pitsburg davlat universiteti Avtomobilsozlik texnologiyasi yoʻnalishida oʻzlashtirishi zarur. Univeristetda kontrakt toʻlovi uchun yagona narx belgilanagan, talaba oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha fanlarni bepul oʻqishi mumkin.
4. Texnologiya mutaxassisligi magistratura boʻlimi vakillari (Andrew M. Klenke, Tatiana V. Goris, Derrel Fincher) bilan uchrashuvda Avtomobilsozlik muhandisligi, Axborot texnologiyalari, Texnologiya boshqaruvi, Qurilish boshqaruvi mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma 1+1 magistratura tashkil etish boʻyicha muzokara olib borildi. Ushbu magistraturada tahsil olgan talabalar 1 yil TTPU da oʻzlashtirgan kreditlarining 9 kreditini (3 ta fan) Pitsburg davlat universitetiga transfer qiladi va magistraturani muvaffaqqiyatli tamomlagan talabalarga TTPU va Pitsburg davlat universiteti diplomi beriladi. Kelgusida boshqa mutaxassisliklar boʻyicha ham hamkorlikda qoʻshma dasturlar tashkil qilinishi rejalashtirildi.
5. Sanʼat va fanlar kolledji professori (Dr.Bobby Winters) bilan uchrashuvda TTPU da mavjud Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniring dasturlari bazasida Pitsburg davlat universitetining Informatika yoʻnalishi (Kompyuter axborot tizimlari) bilan 2+2 dasturini tashkil etish boʻyicha boshlangʻich izlanishlar olib borishga kelishib olindi.
6. Texnologiya kolleji dekani (Robert Frisbee) bilan uchrashuvda Muhandislik va texnologiya sohasida TTPU professor-oʻqituvchilarni Oʻzbekistonning El-yurt umidi jamgʻarma fondi orqali stajirovka, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun qisqa muddatli taʼlim dasturida ishtirok etish uchun yuborish kelishib olindi. AQSHning taʼlim va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirish uchun American Councils UniCEN (Central Asia University Partnerships Program), FEP (Faculty Enrichment Program) dasturlarida ishtirok etish kelishib olindi. Shuningdek, AQSHning USAID tashkiloti tomonidan Oliy taʼlimni rivojlantirish uchun taqdim etadigan grant dasturi HELIX (The Higher Education for Leadership, Innovation, and Exchange) ga hamkorlikda loyiha topirish kelishib olindi.
7. Universitetning ilmiy tadqiqot markazi maʼsuli (Ram Gupta) bilan uchrashuv davomida 2 ta TTPUning ximiya yoʻnalishida ilmiy tadqiqot olib borayotgan professor-oʻqituvchilarni hamkorlikda izlanish olib borish uchun Pitsburg davlat universitetiga qabul qilishi keleshib olindi.
Xizmat safari davomida erishilgan asosiy natijalar:
- Pitsburg davlat universitetining Biznes boshqaruvi yoʻnalishida filialini tashkil etish kelishib olindi.
- Avtomobilsozlik texnologiyasi, Qurilish boshqaruvi, Kompyuter axborot tizimlari 2+2 qoʻshma taʼlim dasturini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi;
- Avtomobilsozlik muhandisligi, Axborot texnologiyalari, Texnologiya boshqaruvi, Qurilish boshqaruvi mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma 1+1 dasturi tashkil etilishi kelishib olindi;
- El-yurt umidi jamgʻarmasi fondi orqali professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish va stajirovkaga yuborish kelishib olindi;
- Oʻzbekistonda tashkil etilgan AQSHning vakolatli tashkilotlari grant dasturlariga hamkorlikda loyiha topshirish kelishib olindi.