Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Xalqaro talabalar kuni” hamda “18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov ochib berib, talabalarni ushbu bayramlar bilan qutladi, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. So‘ng “Yil talabasi-2022” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Universitet “Musiqa to‘garagi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar bayram qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
Kuni kecha “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Bayramning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bayramiga bag‘ishlandi. Talabamiz Imomalieva Shahlo davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida qiziqarli va foydali ma‘lumotlari bilan taqdimot qildi, talabalarimiz tomonidan davlat bayrog‘iga bag‘ishlab tayyorlangan video namoyish etildi.