Joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To’ychiyev va Koreya milliy transport universiteti (KNUT) dekani Professor Ryumduk Oh ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida istiqboldagi rejalar, O’zbekistonda sun’iy intellekt va yashil iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishga qaratilgan qo’shma loyihalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish, ushbu yo’nalish bo’yicha qo’shimcha seminar treninglar, maktab va akademik litsey o’quvchilari hamda o’qituvchilari uchun koreyalik professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv kurslarini hamkorlikda olib borish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.