Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, sanoat korxonalari bilan hamkorlikda bir qator muhandislik laboratoriyalarini tashkil etish maqsadida laborator-asbob uskunalarini xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlov muddati, 2025-yil 20-fevral soat 18:00 etib belgilandi.
Ilovada zarur laborator asbob-uskunalarning ro‘yxati (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) va texnik shartlari (o‘zbek tilida) ilovada keltirib o’tilgan.
Tanlovda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan barcha turdagi yurudik shahslar ishtirok etish huquqiga ega. Laborator asbob-uskunalar lotlarga bo‘lingan bo‘lib tanlov ishtirokchisi bitta yoki bir nechta lot bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:
tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi;
korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi;
shu sohada kamida 1 yildan buyon faoliyati yuritishi;
insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzlar mavjud emasligi.
Tanlov g‘olibi laborator asbob-uskunalarga garantiya bergan holda uning yuqori texnologik turlarini universitet tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish, zarur hollarda o‘rnatish, hodimlarni undan foydalanishga o‘rgatish/o‘qitish va bir yil mobaynida texnik xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat takliflari o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Tijorat takliflari 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li koʻchasi, 17 uy, manzili yoki info@polito.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Tanlov yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar + 998998981855 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.