Joriy yilning 23-sentyabr kuni AQSHdan Enterprise Products kompaniyasining Avtomatlashtirish va loyihalash bo‘yicha katta direktori Gregory A. Rogers, biznes yetakchilik bo‘yicha maslahatchi va ta’lim boshqaruvi mutaxassisi Gary Lee Dozier, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Jamshid Kaniev hamda O’quv ishlar bo’yicha prorektori Rod Clark Powell Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.






Mehmonlar Universitet rahbariyati tomonidan kutib olinib, TTPUning faoliyati, zamonaviy infratuzilmalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlik dasturlari va talabalar yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, tashrif davomida avtomatlashtirish, boshqaruv tizimlari va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma loyihalar, o‘quv dasturlarini boyitish, ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish, talabalar uchun sanoatga yo‘naltirilgan amaliy loyihalar hamda TTPU, KIUT va AQSH ekspertlari o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish va memorandum imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
U.S. experts and the leadership of Kimyo International University visited TTPU