You are currently viewing “Graduation Ceremony–2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Graduation Ceremony–2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Graduation Ceremony–2025” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Sultonov Isajon Abdurayimovich, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini, Huawei Uzbekistan kompaniyasining korporativ biznes bo‘yicha direktori Zhang Haoqi hamda TTPU va Politecnico di Torino universitetining professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talabalar, ularning oila a’zolari va do‘stlari ishtirok etdilar.

Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, mehmonlar navbati bilan so‘zga chiqib, bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Bitiruvchilarga diplomlar “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Sultonov Isajon Abdurayimovich, Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini hamda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining rektori Tuychiyev Olimjon Alijonovich tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida 100 ga yaqin nafar bitiruvchiga bakalavriat diplomi topshirildi. Shuningdek, tadbir doirasida Eng iqtidorli yosh o’qituvchilar hamda talabalar maxsus statuetka va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bitiruvchilarning 100 foizi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bugungi kunda TTPU bitiruvchilari nafaqat Respublikamizning turli sohalarida, balki dunyoning yetakchi kompaniyalarida ham muhandis va yetakchi mutaxassislar sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, Italiyadagi Manganorobot, Daniyadagi Uber, Italiyadagi Pirelli, Dubaydagi VITRONIC Machine Vision Middle East, Germaniyadagi BMW Group kompaniyalarida.

Tadbir yakunida bitiruvchilar esdalik uchun suratga tushishdi va o‘qish davomida ko‘rsatgan sabr-toqati, yordami hamda yo‘llanmalari uchun ustozlari, o‘qituvchilari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildirishdi.