2025-yil 6-avgust kuni Italiyaning yetakchi muhandislik kompaniyalaridan biri ItalDesign vakillari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida bosh texnik direktor (CTO) Davide Casini, biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta menejer Marco Volpengo hamda loyihalarni boshqarish muhandisi Luigi Pedussia ishtirok etdi.








Tashrif doirasida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, TTPUning ilmiy va o‘quv faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari, o‘quv dasturlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, bo’lib o’tgan muzokara davomida mehmonlar tomonidan ItalDesign kompaniyasi faoliyati haqida taqdimot o’tkazildi hamda tomonlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ItalDesign kompaniyasida TTPU talabalari uchun amaliyot o‘rinlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar hamda muhandis mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, kompaniya vakillarini o‘quv jarayonlariga mehmon ma’ruzachi sifatida jalb qilish kabi tashabbuslar ilgari surildi.