Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida hamda Italiya Savdo Sanoat agentligi (ITA – Italian Trade Agency ) o‘rtasidagi hamkorlik asosida tashkil etilgan Italiya-O’zbekiston Ilg’or muhandislik markazida zamonaviy payvandlash uskunalari (Italiyada ishlab chiqarilgan uskunalar) asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.





Mazkur Ilg’or Muhandislik Markazi “Made in Italy” texnologiyalari asosida mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorlik loyihasi doirasida yetkazib berilgan payvandlash uskunalari universitetimizda Welding Class (Payvandlash kurslari) mashg‘ulotlariga to‘liq joriy etilgan.
Hozirda talabalar tajribali mutaxassislar rahbarligida quyidagilarni bosqichma-bosqich o’rganishmoqda:
⚙️Payvandlash uskunalarining texnik tuzilishi va ishlash asoslari
⚙️Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablari
⚙️Zamonaviy payvandlash texnologiyalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish
⚙️Amaliy vazifalar asosida payvandlash jarayonlarini bajarish
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar va payvandlash kurslari mutaxasislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularni ishlab chiqarish muhitiga yaqin sharoitda tayyorlash hamda xalqaro standartlarga javob beradigan, amaliy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.