2025-yil 4-avgust kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Koreya avtomobil tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi Chong Sokhyon, Biz & Mold Co. Ltd rahbari Won Yongi hamda URconnection Inc. asoschisi va rahbari Chu Suindan iborat Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrif buyurdi.





Tashrif doirasida delegatsiya Universitet rahbariyati tomonidan kutib olinib, TTPU bo’ylab tur tashkil etildi. Unda Universitet faoliyati, xususan, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar hamda Texnopark bilan tanishtirildi.
Shuningdek, tashkil etilgan uchrashuv davomida muhandislik yo‘nalishida Koreya dasturlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish va mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni Koreyada ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Universitet texnoparki faoliyatiga ilg‘or koreys texnologiyalarini integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.