You are currently viewing “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi

“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi

Hurmatli talabalar, magistrlar, mustaqil tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar!
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi roli, amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlarning mazmuni va natijalarini ilmiy tahlil qilishga qaratilgan izlanishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.

Eng yaxshi ilmiy maqola muallifi sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Baholashda quyidagilar inobatga olinadi:

  • ilmiy yangilik,
  • mavzuning chuqur va puxta yoritilishi,
  • amaliy ahamiyati.

Ishtirok etish tartibi:
Ilmiy maqolalar 2025-yil 24-noyabrgacha 102-xonaga topshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998-71-246-40-87

Barchani tanlovda faol ishtirok etishga va o‘z ilmiy salohiyatingizni namoyon etishga taklif qilamiz!