Joriy yilning iyul oyida Xitoy Xalq Respublikasining Sanya shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Sanya WRC 2025” (World Robot Conference) xalqaro robototexnika musobaqasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Software Engineering” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ziyodulla Bo‘taxonov murabbiyligidagi O‘zbekiston Milliy Robototexnika Jamoasi yuqori natijalarga erishdi.









Dunyoning turli mamlakatlaridan 2000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirgan ushbu yirik musobaqa texnologik innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni mustahkamlovchi maydon bo‘ldi.
🏆 Jamoamiz musobaqaning dastlabki kunida 6 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, yakuniy reytingda faxrli 3-o‘rinni egalladi.
🎖 Shuningdek, jamoamiz “Excellence Award” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot texnik mahorat, jamoaviylik va innovatsion yondashuv uchun beriladi.
Milliy jamoamizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!