You are currently viewing O‘zbekiston yoshlari global sahnada porlamoqda!

O‘zbekiston yoshlari global sahnada porlamoqda!

Panama shahrida o‘tkazilgan nufuzli “FGC 2025” robototexnika jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 190 davlat orasida 4-o‘rinni egalladi! Bu – nafaqat yutuq, balki yurtimiz yoshlari xalqaro miqyosda raqobatlasha olishini isbotlagan tarixiy natija!

Faxrlanarlisi shundaki, milliy terma jamoamiz safida quyidagi TTPU talabalari munosib ishtirok etdi:
Ziyodulla Butakhonov – terma jamoa murabbiyi, “Dasturiy ta’minot muhandisligi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
Shukurullo Sodiqov – milliy jamoa sardori, “Avtomobilsozlik muhandisligi” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi;
Akbarshox Kosimov – milliy jamoa video tahlilchisi, “Aviatsiya muhandisligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Ular AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Buyuk Britaniya kabi kuchli jamoalarni ortda qoldirishga erishdi. Bu esa O‘zbekiston muhandislik salohiyatining amaliy namunasidir.

Bunday natijalar — o‘z ustida tinimsiz ishlash, ilm-fanga bo‘lgan mehr va Vatan sha’nini yuksaltirish yo‘lidagi sadoqat samarasidir!

Yoshlarimizga yanada katta zafarlar tilaymiz!