






2025-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ponte Japan LLC” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrifdan maqsad – universitetda Yapon tili markazini ochish va o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘ldi.
Uchrashuv doirasida:
Delegatsiya universitet laboratoriyalari, o‘quv jarayoni va mavjud til kurslari bilan tanishdi. Tomonlar TTPUda Yapon tili o‘qitish kurslarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun yuqori darajada o‘qitish tizimini joriy etish hamda kelgusida Yaponiyada amaliyot va ish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.