You are currently viewing Qabul yangiliklari

Qabul yangiliklari

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga oid yangi tartiblar joriy etilganini ma’lum qilamiz. Quyidagi yangiliklar ochiqlik va adolat tamoyillarini ta’minlash hamda kelgusida tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida joriy etilgan:

🎓 1. Har bir imtihonda grant o‘rinlari ajratiladi
Endilikda o‘tkaziladigan har bir kirish imtihoni bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga 5 ta grant o‘rni ajratiladi. Bu tartib barcha abituriyentlarga teng imkoniyat yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Eslatma: Agar bir nechta abituriyentlar bir xil eng yuqori ball to‘plagan taqdirda, testni eng qisqa vaqtda yakunlagan abituriyent ustunlikka ega bo‘ladi.

📍 2. Viloyatlarda topshirilgan test natijalariga oid tartib.

Universitet hududidan tashqarida (jumladan, IT-Park filiallarida) o‘tkazilgan testlar orqali grant asosida o‘qishga qabul qilinish imkoniyati mavjud emas. Grant asosida o‘qishga qabul qilinishni istagan barcha abituriyentlar Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida test topshirishlari zarur. Faqat Universitet hududida o‘tkazilgan test natijalari grant ajratishda inobatga olinadi.

🗣 3. Milliy yo‘nalishida o‘qishga kirish uchun minimum ball.
Milliy yo’nalish dasturlarida 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilish uchun minimal ball 30 etib belgilanadi.

Ushbu tartiblar universitetimizda qabul jarayonlarining shaffof, adolatli va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha abituriyentlardan ushbu tartiblarni diqqat bilan o‘rganishlarini va imtihonlarga mas’uliyat bilan tayyorlanishlarini so‘raymiz.

Savollaringiz bo‘lsa, rasmiy manbalar orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti
Qabul komissiyasi