2025-yil 11-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) Architektura va Qurilish kafedrasi dochenti Nilufar Tuxboeva xizmat safari doirasida Seljuk Universiteti, Seljuk tadqiqotlari va Yeditepe Universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Qora dengiz shimoli va Ipak yo’lidagi turk tarixi va Saljuk me’morchiligi” xalqaro simpoziumda qatnashdi.









Selçuk Universiteti (Turkiya, Konya shahri) xalqaro va milliy reytinglarda munosib o‘rinlarni egallagan bo’lib, QS Subject bo‘yicha reyting (2025): Muayyan fan yo‘nalishlari bo‘yicha 401–475-o‘rinda turadi.
Symposium doirasida Seljuq Universiteti Rektor o‘rinbosari Professor Doktor Haldun Soydal, Seljuq tadqiqotlari Instituti direktori Professor Doktor Musrafa Demirchi, Seljuq universiteti arxitektura va dizayn fakulteti dekani Professor, Doktor Rabiya Köse Doğan, Yeditepe Universiteti Professori Doktor Ayse Gülçin Küçükkaya, Eronning Tabriz Islom san’at universiteti Prorektori Professor Ahad Nejad Ebrahimi va Urmiya universiteti Professorlari Farzin Haghparast, Mohammad Jafarpanah bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki oliy ta’lim muassasasining akademik faoliyati, ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro dasturlarda ishtiroki va mavjud infratuzilmalari haqida keng qamrovli ma’lumotlar almashildi. TTPU hamda Saljuk Universiteti, Eronning Tabriz Islom san’at universiteti va Urmiya universitetining o‘xshash yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgani, xususan, muhandislik, arxitektura va texnologiyalar sohasida ilmiy izlanishlar yuritayotgani hamkorlik uchun qulay zamin
yaratishi ta’kidlandi.
Tomonlar ayniqsa, quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar:
Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish kurslari va ilmiy safarlarini tashkil etish; Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hamkorlikda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va akademik forumlar tashkil etish
Ikki tomonlama memorandum va kelishuvlar asosida barqaror akademik sheriklikni mustahkamlash.Professor Dr. Haldun Soydal TTPU vakilini universitetda qabul qilganidan mamnun ekanini bildirar ekan, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash muhimligini alohida qayd etdi. Yeditepe Universiteti ushbu yo‘nalishda o‘zining tajribasi va imkoniyatlari bilan TTPU bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga tayyor ekanligini bildirdi.