You are currently viewing TTPU va “Jinting Automobile Electric” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

TTPU va “Jinting Automobile Electric” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2025-yil 19-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Jinting Automobile Electric” kompaniyasi (Bosh direktor – Yao Jingyu) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida sanoat ehtiyojlariga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan yanada yaqinlashtirish, talabalar va bitiruvchilar uchun haq to’lanadigan amaliyot, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur hamkorlik TTPU talabalari va bitiruvchilari uchun real ishlab chiqarish muhitida amaliy tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytiradi, sanoatga malakali kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqadi.

Tashrif yakunida TTPU va “Jinting Automobile Electric” o‘rtasida bitiruvchi talabalar malakasini oshirish hamda amaliyot orqali tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.