

2025-yil 14-noyabr kuni Samarqand shahrida Arxeologiya instituti va Koreya Meros Agentligi hamkorligida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida arxeologiya va madaniy meros sohalarida raqamli texnologiyalar, xususan GAT (GIS) tizimlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan seminar natijalari e’lon qilindi.
Mazkur nufuzli marosimda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Qurilish va arxitektura kafedrasi dotsenti Nilufar Toxboyeva, shuningdek “Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish” yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrlar — Behruza Rejavalieva va Saidaxon Ilyasova faol ishtiroki uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar.