You are currently viewing TTPU vakillari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar

TTPU vakillari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar

2025-yil 1–5-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Menejment, iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sultanova Kamila hamda ushbu kafedra o‘qituvchisi Tajimuratova Aziza Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou Universitetida tashkil etilgan “China and Central Asia Symposium on Modern University Governance” nomli xalqaro simpoziumda ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro simpozium doirasida zamonaviy oliy ta’lim tizimi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalar yuzasidan davlatlararo davra suhbatlari hamda ilmiy muhokamalar tashkil etildi. Jumladan, simpozium davomida universitetlarni boshqarish sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash, raqamli davr sharoitida universitetlarni boshqarish modelining o‘zgarishi, universitet boshqaruvida manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari hamda universitetlarni boshqarishning madaniyatlararo kontekstdagi qiyosiy tahlili kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Simpozium davomida turli mamlakatlardan kelgan olimlar va mutaxassislar ishtirokida ilg‘or xalqaro tajribalar, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda innovatsion yechimlar yuzasidan fikr almashildi. Ushbu tadbir professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy tajriba almashish, professional bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.