






2025-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekistonda sanoat iqtisodiyotining barqaror rivojlanish tendensiyalari va ularning ta’lim jarayoni bilan bog‘liqligi” mavzusida Ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada iqtisodiyot va menejment, ishlab chiqarishni boshqarish, ta’lim va texnologiya, moliyaviy texnologiyalar, texnologik rivojlanish uchun iqtisodiy siyosat, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari kabi dolzarb yo‘nalishlar keng muhokama qilindi.
Tadbirda oliy ta’lim muassasalari vakillari, tadqiqotchilar, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etib, o‘z ilmiy natijalarini taqdim etdilar, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga oid yangi qarashlarni muhokama qildilar.
Konferensiya kasbiy muloqot, akademik hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim hamda sanoat o‘rtasidagi aloqalarni yanada yaqinlashtirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.