You are currently viewing TTPUda talabalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

TTPUda talabalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

2025-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy ong va axborot madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili, profilaktika xodimlari, tyutorlar hamda 100 nafar talaba ishtirok etdi.

📌 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, radikal g‘oya va zararli axborot ta’siriga qarshi ongli immunitetni shakllantirishdir.

💬 Davra suhbati davomida:

  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2019–2025-yillarda yangilangan moddalari, jamoat tartibi, xavfsizlik, internetdagi noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq holatlar tushuntirildi.
  • Talabalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik turlari — tamaki iste’moli, obodonlashtirish qoidalarini buzish, ruxsatsiz yig‘ilishlar, pasport tizimi qoidalarini buzish, yuzni to‘sib yurish, yolg‘on axborot tarqatish va boshqalar batafsil ko‘rib chiqildi.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar, radikal kontent va “fake” sahifalar orqali yoshlar ongiga ta’sir xavfi haqida ma’lumotlar berildi.

📌 Yakuniy tavsiyalar:

  1. Talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish.
  2. Rasmiy va ishonchli axborot manbalaridan foydalanishni targ‘ib qilish.
  3. Tinchlik, bag‘rikenglik va mas’uliyatli fuqarolik tamoyillarini mustahkamlash.

Tadbir talabalar uchun huquqiy ongni rivojlantirish va sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash borasida muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yigʻilish jarayonidan foto lavhalar