You are currently viewing “Uzbegim” loyihasi doirasidagi uchrashuv – Berlin

“Uzbegim” loyihasi doirasidagi uchrashuv – Berlin

Joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) rektori Olimjon To’ychiyev Berlin shahrida yashab, Tesla kompaniyasining Autopilot AI loyihasida faoliyat yuritgan o‘zbek texno-tadbirkori Jaloliddinmirzo Shukhratov bilan “Uzbegim” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida rektor Olimjon To’ychiyev, loyiha bo’yicha tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirib, TTPU ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etishda hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi. Universitetning iqtidorli talabalari, ilmiy salohiyati va kengayib borayotgan innovatsion infratuzilmasi “Uzbegim” loyihasi rivojiga ulkan hissa qo‘shishi qayd etildi.

O‘z navbatida, Jaloliddinmirzo Shukhratov rektorning ochiqligi va strategik qarashlariga minnatdorlik bildirib, shunday dedi:
“Agar O‘zbekistonda o‘qish imkoniyatim bo‘lganida, men albatta TTPUni tanlagan bo‘lardim”