2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-sonli farmon ilovasining 168-bandiga muvofiq Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Jizzax politexnika instituti hamkorligida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.
2021–2022 o‘quv yilidan boshlab talabalar dastlabki 2 yil Jizzax politexnika institutida, keyingi 2 yil esa Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olishi va bitiruvchi talabalarga ikki tomonlama diplom berilishi nazarda tutiladi;
Abiturientlar uchun kirish imtixonlarini o‘tkazish, talabalikka qabul qilish va baholash, ta’lim sifati nazorati hamda bitiruvchilarining yakuniy attestasiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi tartibga muvofiq amalga oshirilishi belgilanadi;
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mavjud o‘quv rejaga muvofiq Mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishida ingliz tilida ta’lim beriladi;
Dars berish jarayoniga mahalliy professor-o‘qituvchilar, ayrim mutaxassislik fanlari bo‘yicha esa chet el professor-o‘qituvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat shartnomalari tuzish yo‘li bilan jalb qilinadi;
Qo‘shma ta’lim dasturida talabalar to‘lov shartnoma asosida kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oladi, 2021-2022 o‘quv yilida 100 nafar talaba qabul qilinadi va bir yillik to‘lov kontrakti miqdori 24,5 million so‘m qilib belgilandi.
Jizzax politexnika institutida qo‘shma ta’lim dasturiga qabul imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati 2021 yil 1 avgust.
Manzil: Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi 4-uy
Murojaat uchun telefon: 8 (372) 2264605, 8 (372) 2264506
+998943418822 (Uchqun Mirzaev),
+998933030778(Sirojiddin Jiyanboev),
+998915960104(Ixtiyor Asqarov)