You are currently viewing “Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

“MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2022-yil 14-mayda boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar uchta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

26 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga GRANT asosida qabul qilinadi. IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

10 va undan yuqori, ammo 26 dan past ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

UCHINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror iyul oyida boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining ikkinchi bosqichidan soʻng qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

10-iyungacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 20-may soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Iyul oyidagi kirish imtihonlari (2-bosqich) qoidalari tez orada e’lon qilinadi.


Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@turin.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston