You are currently viewing TTPUda “Yong‘in havfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

TTPUda “Yong‘in havfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Har yili qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimining 2023-yil 16-noyabrdagi Toshkent shahri hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 234-14-0-F/23-sonli Farmoyishida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03/20/416-2/14-180-sonli xati orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2023-yilning 11-noyabrdagi 86-sonli yig‘ilish bayonida 2023-yil 15-noyabrdan- 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish bo‘yicha talabalar va xodimlarga kerakli tavsiyalar berish, yong‘in xavfsizligini oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirdi. Yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berib, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jihozlar, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma’lumotlar berdi.

Tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

shaxsiy tarkibi hamda o‘t o‘chirish ekipaji a’zolari holda universitet hamda akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun ma’ruza va ko‘rgazmali mashg‘ulot bilan ishtirok etdi.