22- aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov, yurtimizdagi OTM rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Italiyaning Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnati va professor-o‘qituvchilari, xorijiy hamkor universitet vakillari, turli davlatlar elchixonalari vakillari, UzAvtosanoat tasarrufidagi korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Forumda mamlakatimizda muhandislarga talab ortib borayotgani va ushbu sohaga alohida e’tibor qaratish lozimligi, oliy ta’lim tizimida ilgʻor muhandislik maktablarini yaratish bugungi kunda dolzarb vazifalar qatorida ekanligi ta’kidlab o‘tildi, bu borada xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashildi. Bu borada Turin politexnika universiteti O‘zbekiston ta’lim infratuzilmasida muhandislik ta’limi sohasida yetakchi universitetlardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Forum boshlanishidan oldin Universitetning 15 yillik faoliyati davomida erishilgan yutuqlarini o‘z ichiga olgan video taqdimot mehmonlar e’tiboriga havola etildi. TTPU va Politecnico di Torino hamkorligi davrida Italiya tomon rektorlari Francesco Profumo, Marco Gilli, Guido Saraccolarga ZOOM orqali so‘z berildi. Ular o‘z navbatida universitet 15 yilligi yubileyi munosabati bilan o‘z tabriklarini yo‘llashdi.
So‘ng universitet bitiruvchilari Italiyaning “Hyperloop” yirik ishlab chiqarish kompaniyasining muxandisi Jamolov Umidga, Birlashgan Arab Amirligining “Baynunah Watergeneration Technologies SP LLC” kompaniyasi bosh texnologi Ilxom Mamayunusovga va Germaniyaning “BMW group” kompaniyasining muxandisi Jabborov Shaxzod ZOOM orqali so‘z berildi.
Forum doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov, Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnatiga universitet “Faxriy rektori” unvoni berildi. Forum doirasida “Yilning eng yaxshi talabasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan 12 nafar talaba-yoshga birin-ketin billur statuetkalarni va vaucherlar topshirildi.
Shuningdek universitetning nomdor stipendiant talabalari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi Kayumov Asad, Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi Urunov Asadbek hamda Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibi Beshimov Sardorlar ham universitet tomonidan vaucherlar topshirildi.
Forumdan so‘ng liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov universitetning bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ham ishtirok etdi. Vazir so‘zga chiqib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qo‘yayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ish faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.