TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2020/2021 O‘QUV YILI
BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI
1.1. KIRISH
Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o‘zida aks ettiradi.
1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni
2019/2020 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:
Yoʻnalish nomi o‘rinlar soni
Mashinasozlik texnologiyasi | 200 |
---|---|
Avtomobilsozlik texnologiyasi | 200 |
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi | 150 |
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura | 50 |
Menejment va sanoat muhandisligi | 100 |
1.3. Qabul tartibi va hujjat topshirish muddati
1.3.1. Kirish imtihoni
TTPU tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr dasturlari “mahalliy rejalashtirilgan qabul qilish” tizimiga asoslangan. Talabalar uchun oʻrinlar soni cheklangan boʻlib, belgilangan kvota doirasida oʻrinlar soni toʻlgunga qadar kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan abiturientlargina oʻqiy oladilar. Kirish imtihonida toʻplangan ball faqat 2020-2021 oʻquv yili uchun amal qiladi.
Kirish imtihonida yuqori ball toʻplagan abiturientlar birinchi bosqichni (tayyorlov bosqichi) o’tkazib yuborishi va ikkinchi bosqichda oʻqishni boshlashlari mumkin, bu 1.4-bo’limda ko’rsatilgan til talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ariza beruvchi (abiturient) ushbu imkoniyatdan voz kechishga va birinchi bosqichdan o’qishni davom ettirishga haqlidir.
TTPUga qabul, Qabul komissiyasi koordinatori, Oʻquv va Ilmiy ishlar boʻyicha prorektorning qaroriga asosan Rektor buyrug’i bilan tartibga solinadi.
1.3.2. Imtihon sanasi
2020/2021 o’quv yili uchun IKKI MARTA KIRISH IMTIHONI boʻlib oʻtadi:
- Birinchi imtihon 22 MAY kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da boʻlib oʻtadi (ro’yxatdan o’tish oxirgi muddati – 18 may, nomzodlar maksimal soni – 200). Ushbu imtihon ONLAYN tarzda boʻlib oʻtadi, shuning uchun har bir NOMZOD KOMPYUTER/NOUTBUK VA ISHLAYDIGAN VIDEO KAMERAGA EGA BO’LISHLARI KERAK.
- Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni cheklanmagan) IYUL oyining boshida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi)
1.3.3. 1-BOSQICH On-layn roʻyxatdan oʻtish
On-layn anketa toʻldirish: —->>>
ILTIMOS, ON-LAYN ANKETANI TO`LDIRISHDA USHBU YOʻRIQNOMADAN FOYDALANING YOKI VIDEONI TOMOSHA QILING.
1-bosqichdan o’tish majburiy bo’lib, abiturientlar ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga o’ta olmaydilar!
2-bosqich – Kirish jarayonining shaffofligini ta’minlash uchun, karantin paytida, 1-bosqichni tugatgandan so’ng, ariza beruvchi (abiturient) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi kerak: admission.polito.uz.
Agar karantin muddat tugashidan oldin tugasa (ya’ni, birinchi sinov uchun 18 mayda), qabul komissiyasi nomzodlarning barmoq izlari va fotosuratini oladi. Buning uchun abiturient pasport, oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan boʻlsa – oʻqishni tugatganligi haqida ma’lumotnoma (asli nusxasi) bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kelishlari shart. Abiturientning barmoq izi olinib u rasmga tushirilgandan soʻng barcha hujjatlar qaytariladi. (Manzil: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095; Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi)
On-layn shaklni oʻz vaqtida toʻldirmagan, barmoq izlari va rasmga tushgani kelmagan abiturientlar kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!
1.3.4. O’tgan yili kirish imtihonidan o’tgan abituriyentlar uchun
COVID-19 tufayli biz o’tgan yilgi kirish imtihonlarida qatnashgan ABITURIYENTLARGA NOYOB IMKONIYATni taqdim etamiz. O’tgan 2019/2020 oʻquv yili kirish imtihonida, abituriyent tomonidan toʻplangan bali bu yil uchun ham HAQIQIY deb hisoblanadi va ushbu abituriyentlar Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga 2020/2021 o’quv yilida KIRISH IMTIHONLARISIZ QABUL QILADI.
1.3.5. Onlayn test (on-line)
Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.
Onlayn (on-line) test quyidagilardan iborat:
Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).
O’qib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).
Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).
Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)
On-line test 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.
Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:
1 ball – agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
–0.25 – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
0 ball – javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)
Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi!
1.3.6. Test natijalari
Abiturientlar to’plagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning to’liq ro’yxati to’plagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz ko’rsatkichidagi ketma-ketligi kirish testidan keyin bir yoki ikki hafta ichida e’lon qilinadi.
Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:
- Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
- Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
- 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
- 1 ta papka (skoro shivatel), o’rta o’lchamdagi konvert;
- Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
- IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.4 boʻlimda tanishib chiqing).
Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi. (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).
1.3.7. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari (chet el fuqarolari-abiturientlari uchun)
Bu boʻlim quyida koʻrsatilgan sertifikatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga tegishli. Agar abiturientlar quyida koʻrsatilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlsa va uning natijasi jadvalda koʻrsatilgan natija bilan bir xil yoki undan ortiq boʻlsa, ular 1.3.1 boʻlimiga asosan birinchi bosqichni oʻqimay 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Kirish imtihonlarini topshirish majburiy boʻlgan davlatlar uchun imtihonni topshirganligini tasdiqlovchi maxsus sertifkat taqdim etilishi shart.
Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)
GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score in the “Analytical Writing” section
GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “Analytical Writing” section.
SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.
1.4. Ingliz tili sertifikati
TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar 4.5 balldan kam boʻlmagan IELTS sertifikati ( akademik) ga ega boʻlishlari shart.
COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, BIRINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI O’QUV YILI DAVOMIDA TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.
TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati ( akademik) talab qilinadi. COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, IKKINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI 2020 YILI OHIRIGA QADAR TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.
TTPU da IELTS sertifikati ( akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinadigan sertifikatlar roʻyxati: https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.
1.5. TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori.
Bir akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.
QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN
On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Elektron manzil: admission@new.polito.uz
Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-52
Ish kunlari: Dushanba-Juma (09:00-18:00)