Mazkur tanlov talabalarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish, jahon va milliy musiqiy merosni targ‘ib etishga xizmat qildi.









20 ga yaqin ishtirokchi 10 dan ortiq xorijiy OTM vakili sifatida O‘zbek va Jahon estradasi hamda mumtoz asarlarni ijro etdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan tanlov natijasiga ko’ra quyidagi ishtirokchilar g’olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin — G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti jamoasi
🥈 2-o‘rin — Shosaidov Javohir (TTPU)
🥉 3-o‘rin — Djaxangirova Mubina (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti)
Tadbir yakunida g’olib va bir qancha nominatsiyalar bo’yicha o’zini ko’rsatgan ishtirokchilar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.