2023-yil 31-iyul va 1-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Yaponiyadan kelgan mutaxassislar ko‘magida “Tasvirga ishlov berish usullaridan foydalangan holda binolarning seysmik barqarorligini baholash” mavzusida ikki kunlik ilmiy seminar trening tashkil etildi.
Seminarga Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universitetidan mutaxassislar va tadqiqotchilar taklif etildi.
Ushbu seminarga Tokio Denki universiteti professori Yasushi Niitsu va Yer fanlari va tabiiy ofatlarga chidamlilik milliy tadqiqot institutidan Chikahiro Minova taklif qilindi.
Seminar-treningda seminar ishtirokchilari va yapon professorlari birgalikda kichik bino modeli bilan tasvirni qayta ishlash tajribasini o’tkazdilar.