Startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
2021-yil 23-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki» Aksiadorlik jamiyatida bo’lib o’tgan taqdimot marosimi natijasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari milliy bank tomonidan startap loyihalari uchun ajratilgan kreditga ega bo‘lishdi. Kredit ajratilishdan maqsad – shijoatli yoshlarga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Kredit miqdori – 100 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda. Taqdimot marosimi davomida talabalarimiz o‘z loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Kredit berishga loyiq deb topilgan loyihalar quyidagilar: VELOCITY (veloprokat) G‘oya: Velosipedni bitta parkdan oling, mo‘ljallangan manzildagi boshqa parkda qoldiring. PACS IMAGE…