TTPUda xalqaro yozgi maktab — “Summer School Uzbekistan 2026”!
2026-yil 2–16-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti hamkorligida “Summer School Uzbekistan 2026” xalqaro yozgi maktabi tashkil etilmoqda. Dastur O‘zbekiston va Germaniya talabalari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini rivojlantirish, ularni Markaziy Osiyoning iqtisodiy, texnologik va madaniy salohiyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. Dastlabki ma’ruzalar Industry 4.0, turizm va madaniy meros hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. 🏭 Industry 4.0 va zamonaviy ishlab chiqarish Dastur doirasida ishtirokchilar UzAuto Motors Powertrain korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar va sanoat jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar uchun: 🔹 “Design-to-Part” yondashuvi;🔹 loyiha boshqaruvi;🔹 avtomatlashtirish tizimlari;🔹 gidravlika va pnevmatika…