“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” to‘plami

  • Post category:Yangiliklar

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli to‘plam tayyorlandi. Nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqi asosida tuzilgan bo‘lib, unda mamlakatning o‘tgan davrdagi rivojlanish ko‘rsatkichlari, muhim natijalar hamda kelgusidagi maqsadlar raqamlar va infografikalar orqali yoritilgan. Prezidentning ushbu nutqi 2026-yil 28-avgust kuni Yangi Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlanga📊 To‘plamda iqtisodiyot va investitsiyalar, sanoat va energetika, ta’lim, ilm-fan va sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologiya hamda ijtimoiy rivojlanish kabi yo‘nalishlardagi ma’lumotlar jamlangan.🎓 Xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, oliy ta’lim qamrovining kengayishi, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.…

Continue Reading“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” to‘plami

2026-yilning 15-sentabridan

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga Davlat byudjeti va tanlov asosida qabul boshlanishini e’lon qilamiz:·        01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika;·        05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui;·       05.09.01 - Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar;·        05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish;·        05.08.06 - G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish;·        05.02.08 - Yer usti majmualari va uchish apparatlari;·        08.00.13 - Menejment;·        08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti. Tanlovda ishtirok etishni xohlagan talabgorlar Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo’limiga (102-xona) murojaat qilishlari mumkin.

Continue Reading2026-yilning 15-sentabridan

“35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

  • Post category:Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Continue Reading“35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

“President Tech Award” tanlovi e’loni uchun raqamli ma’lumot

  • Post category:Yangiliklar

🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz…

Continue Reading“President Tech Award” tanlovi e’loni uchun raqamli ma’lumot

Exam Results 11.07.2026Download The results of the entrance exam held in the regions on July 11 of this year have been announced.

Continue Reading

TTPU bitiruvchilari diqqatiga!

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi bandligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridan mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.🔗 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:https://ee.cerrsurvey.uz/single/NBnBeZuJSizning fikr va takliflaringiz bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirishga xizmat qiladi.

Continue ReadingTTPU bitiruvchilari diqqatiga!

«OIV/OITS KASALLIGI HAQIDA»,

  • Post category:Yangiliklar

«GIYOHVANDLIKNING SALBIY OQIBATLARI » Ma’ruzachi OIV infeksiyasi bugungi kunda dunyo miqyosidagi dolzarb sog'liqni saqlash muammolaridan biri ekanligini ta’kidladi. OIV infeksiyasining tarqalish sabablari, kasallikning yuqish yo‘llari, uning oldini olish choralari hamda aholining, ayniqsa yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish muhimligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, OIV infeksiyasi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarashlar va stereotiplarni bartaraf etish, muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish zarurligi alohida qayd etildi. Shu bilan birga giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy ta’siri haqida fikr bildirdi. U giyohvand moddalarni iste’mol qilish OIV infeksiyasi tarqalish xavfini oshiruvchi asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab, yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga,…

Continue Reading«OIV/OITS KASALLIGI HAQIDA»,

Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 25.04.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 25-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 18.04.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 11-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 11.04.2026 (2)Download

Continue ReadingJoriy yilning 11-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda — Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish hamda ularning hayoti va faoliyatidan ibrat olishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda Mudofaa vazirligi iste’fodagi polkovniki Gulmurod Keldiyarovich Xushvaqov, iste’fodagi podpolkovnik Ulugʻbek Abdurahmonovich Zufarov hamda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili Ma’mura Zoxidova hamda Universitet talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati,…

Continue ReadingAmir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 8-aprel kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev yoshlar bilan uchrashib, muhandislik sohasining bugungi kundagi ahamiyati, zamonaviy tendensiyalar hamda istiqbolli yo‘nalishlar haqida taqdimot qildi. Jumladan, sun’iy intellekt, robototexnika, yashil energetika kabi yo‘nalishlar muhandislik rivojining asosiy drayverlari sifatida alohida ta’kidlandi. Ma’ruza davomida bugungi muhandislar ilm-fan va ishlab chiqarishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekani, innovatsiyalar yaratish, murakkab texnologik muammolarni hal etish hamda jamiyat farovonligini ta’minlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida yuqori malakali muhandis kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgani, bu borada…

Continue Reading“Yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Erasmus+ SPHERE loyihasi doirasida barqaror transport bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

6-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professor-o‘qituvchilari Erasmus+ SPHERE loyihasi doirasida barqaror transport sohasidagi mutaxassislar uchun bir qator ixtisoslashtirilgan trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Trening Jizzax shahridagi BYD Uzbekistan Factory muhandislari va mutaxassislari uchun tashkil etildi hamda barqaror transportni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlandi, akademik tajriba va sanoatning amaliy ehtiyojlarini uyg‘unlashtirdi. Ushbu tashabbus uzluksiz kasbiy ta’limning muhimligini hamda oliy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi samarali hamkorlik ahamiyatini ta’kidladi. Trening dasturi bir qator muhim mavzularni qamrab oldi, jumladan Green Vehicle Technologies, EV/HEVs diagnostikasi, Traffic Modeling and Simulation hamda Technology of Driver Training. Mazkur seminarlar ishtirokchilarga ilg‘or transport texnologiyalari, transport vositalarini diagnostika qilishning…

Continue ReadingErasmus+ SPHERE loyihasi doirasida barqaror transport bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

Belarus delegatsiyasi TTPUga tashrif buyurdi

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 30-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Belarus Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov hamda sanoat, muhandislik va kadrlar yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirok etdilar. Delegatsiya TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida mehmonlar universitetning zamonaviy o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalari hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, muhandislik yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayonlari delegatsiyada katta qiziqish uyg‘otdi. Muzokaralar jarayonida kadrlar siyosati, muhandis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan…

Continue ReadingBelarus delegatsiyasi TTPUga tashrif buyurdi

Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 09.04.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Respublika fan olimpiadasi!

  • Post category:Yangiliklar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich (4-bosqich) talabalari o‘rtasida quyidagi fanlar bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi: 🧪 Kimyo🧬 Biologiya⚛️ Fizika💻 Informatika va axborot texnologiyalari Mazkur olimpiada quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:🔹 iqtidorli talabalarni aniqlash;🔹 ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish;🔹 ilmiy salohiyatini rivojlantirish;🔹 fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish. 📌 Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. 🗓 Universitet bosqichi — joriy yilning 15-apreligacha🏆 Respublika bosqichi — may oyida 📄 Olimpiada nizomi bilan tanishing:👉 https://turin.uz/wp-content/uploads/2026/03/NY26332484-1_organized.pdf 🚀 Barcha iqtidorli talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Continue ReadingOliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Respublika fan olimpiadasi!

“SEN AZIZSAN MUHTARAM AYOL” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 4-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sen azizsan muhtaram ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Tal’at Usmonov, O‘zbekiston teatr va kino aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Firyuza Muhitdinova, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tarmoq korxonalarining kasaba uyushma faollari, faol xotin-qizlar hamda Respublika kengashi faxriylari ishtirok etdilar. Tadbir davomida faol mehnati va jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir qator…

Continue Reading“SEN AZIZSAN MUHTARAM AYOL” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 28.02.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 28-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

  • Post category:Yangiliklar

⬇️KIRISH IMTIHONI NAMUNAVIY SAVOLLARI, GRANTLAR va CHEGIRMALAR haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi TELEGRAM GURUHGA A’ZO BO’LING!⬇️https://t.me/+5VJDP-UeBHg4NmMy Exam Results 21.02.2026Download

Continue ReadingJoriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahrida o’tkazilgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi

TTPUda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

2026-yil 12-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (NQAAE), Yevropa muhandislik ta’limini akkreditatsiya qilish tarmog‘i (ENAEE), Markaziy Osiyo ta’lim sifatini ta’minlash federatsiyasi (CAF), Markaziy Osiyo ta’limni akkreditatsiya qilish assotsiatsiyasi (CAAAE) hamda Toshkent shahar muhandislik ta’limi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida muhandislik ta’limini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda bitiruvchilarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini…

Continue ReadingTTPUda “Yevropa – Markaziy Osiyo: xalqaro mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi