You are currently viewing Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida TTPUda transport sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida TTPUda transport sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2025-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida transport sohasi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda BYD Uzbekistan, ADM Jizzakh, Mangano Robot Central Asia va boshqa yetakchi kompaniyalar ishtirok etib, akademiya va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati doirasida kompaniya vakillari uchun seminar o‘tkazilib, unda SPHERE loyihasining maqsadlari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari va joriy bosqichdagi natijalari taqdim etildi. Loyiha doirasida transport sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ochiq muloqot jarayonida ishtirokchilar sanoat ehtiyojlari, ustuvor o‘quv yo‘nalishlari hamda kompaniya mutaxassislari uchun mo‘ljallangan kelgusi trening dasturlarini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokamalar yakunida tomonlar SPHERE loyihasi doirasida Green Vehicle Technologies, elektr va gibrid avtomobillar diagnostikasi, yo‘l harakati jarayonlarini modellashtirish va simulyatsiya qilish, shuningdek, haydovchilarni tayyorlash texnologiyalari yo‘nalishlarida treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, tadbir yakunida mehmonlar SPHERE loyihasi doirasida tashkil etilgan Sustainable Urban Mobility laboratoriyasi, shuningdek, ta’lim, trening va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun xarid qilingan zamonaviy uskunalar bilan tanishdilar.