Forumda Universitet rektori Olimjon To‘ychiyev, professor-o‘qituvchilar, Italiyalik professorlar, litsey o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.








Tadbir avvalida Universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, o‘quv binolar, laboratoriyalar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ekskursiyadan so‘ng, TTPUda ta’lim olishning afzalliklari, akademik litsey o‘quvchilari uchun qabul tartibi va grant imkoniyatlari, shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatdagi istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida esa ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilardan javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.